Формат обучения: online

Даты мероприятия: доступен постоянно

Стоимость: бесплатно

Доступ с текущей даты на 60 дней.

Обучение доступно для финансовых организаций стран региона.

Butun dunyoda ayollar tadbirkorligi tobora rivojlanib bormoqda. Ayollar moliyaviy institutlar uchun istiqbolli va jozibador mijozlar segmentiga aylanmoqda. Biroq, moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi tadbirkor ayollar duch kelayotgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Mazkur kursning maqsadi — tadbirkor ayollarning gender xususiyatlarini hisobga oluvchi hamda ularning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondiruvchi (yangi va amaldagi mijozlar uchun) moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish hamda taqdim etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalaringizni rivojlantirish, shuningdek, bozor ulushi va kredit portfelini muvaffaqiyatli kengaytirishga ko‘maklashishdan iborat.

Ushbu kurs uchta asosiy mavzuni qamrab oladi. Birinchi qism gender tushunchalari bilan tanishtiradi, ularning moliyaviy institutlar uchun ahamiyatini tushuntiradi, shuningdek, dunyodagi gender tengligi va gender tafovutlari hamda alohida mamlakatlardagi mavjud vaziyat haqida ma’lumot beradi.
Kursning ikkinchi qismi tadbirkor ayollarning moliyalashtirishdan foydalanish jarayonida duch keladigan to‘siqlar va moliyaviy institutlar qanday qilib gender jihatdan inklyuziv bo‘lishi mumkinligiga bag‘ishlangan.

Kursning uchinchi qismi esa biznes bilan shug‘ullanuvchi ayollarga samarali xizmat ko‘rsatish hamda moliyaviy institutlar portfelini kengaytirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Kurs yakunida siz gender moliyalashtirish bo‘yicha chuqurroq tushunchaga ega bo‘lasiz, bozorni va tashkilotingizning gender portfelini tahlil qilish, maqsadli mijozlar — tadbirkor ayollar duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan nomoliyaviy xizmatlarni ishlab chiqish, mijozlarni samarali segmentlash va profillash, shuningdek, tadbirkor ayollar bilan samarali muloqot o‘rnatish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz. Bundan tashqari, siz mijozlarni jalb etish, ularni saqlab qolish hamda ularning ehtiyojlarini samarali qondirish usullari bilan tanishasiz.

Kursning maqsadli auditoriyasi: barcha xodimlar.

 

Благодарим Ипак Йюли Банк за перевод этого курса.