Qulaylik uchun kurs uchta tematik darsga bo'lingan. Kursning birinchi darsi korporativ boshqaruv mavzulariga qaratilgan. Trening davomida siz quyidagi mavzularni o'rganasiz:
- Korporativ boshqaruv nima?
- Korporativ boshqaruvni tadbiq etish effektlari
- Samarali korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari
Ikkinchi dars xatar tushunchasi bilan tanishish va savollarga javoblarga bag'ishlangan:
- Xatar nima?
- Xatarlarni boshqarish nima?
- Xatarlarni kim boshqaradi?
- Nima uchun xatarlarni boshqarish kerak?
- Xatarlarni boshqarishning asosiy afzalliklari nimada?
Kursning uchinchi darsi moliyaviy tashkilotlarda xatarlarni boshqarish mavzulariga qaratilgan. Ushbu darsni o'rganish jarayonida siz quyidagilarni bilib olasiz:
- moliyaviy tashkilotda xatarlarni boshqarishning uchta darajasi to'g'risida
- xatarlarni boshqarishda uchta himoya chizig'i tushunchasi haqida
- ERM COSO xatarlarni boshqarish bo'yicha xalqaro standart haqida
Barcha mavzularni o'rganish natijalariga ko'ra yakuniy testdan o'tish taklif etiladi.